Jahon | 20:34 / 28.09.2015
3791
1 daqiqa o‘qiladi

Obama: AQSh Suriyadagi inqirozni hal qilish uchun Rossiya va Eron bilan ishlashga tayyor

AQSh Suriyadagi inqirozni hal qilish uchun istalgan davlat, xususan Rossiya va Eron bilan ishlashga tayyor, deb aytdi AQSh prezidenti Barak Obama Nyu-Yorkda BMT Bosh assambleyasining 70-sessiyasidagi nutqi davomida.

Obama Suriyadagi vaziyat “urushgacha bo‘lgan holatiga kelmasligini” ta'kidlab o‘tdi.

“Asad tinch namoyishlarga qatag‘on va qotilliklar bilan javob berdi”, deb aytdi Obama.

Obamaning aytishicha, vaziyat Suriyada o‘tish davri hukumati yaratilishini talab qilmoqda.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish