Jahon | 20:21 / 28.09.2015
9735
1 daqiqa o‘qiladi

Obama BMT Bosh assambleyasida Rossiya va Xitoyni potensial muammo deb atadi

AQSh prezidenti Barak Obama BMT Bosh assambleyasidagi nutqida Rossiya va Xitoyni AQShga tahdid soluvchi potensial muammolar deb atadi. 

“Bizning iqtisodiyot o‘smoqda, qo‘shinlarimiz Iroq va Afg‘onistondan deyarli qaytib keldilar, biroq biz AQShning dunyodagi roli, ya'ni barcha dushmanlar muholifati, ehtimoliy raqiblar, o‘sayotgan Xitoy va ko‘tarilayotgan Rossiya bilan belgilanuvchi kuch nima ekanligi haqida debatlarni ko‘rmoqdamiz”, deb aytdi Obama BMT Bosh assambleyasidagi nutqi davomida.

“Men AQSh prezidenti sifatida biz to‘qnash kelayotgan xavflardan xabardorman”, deb qo‘shimcha qildi Obama.

Obama Moskva hal qilinishida muhim rol o‘ynagan masalalar orasida Suriya inqirozi va Eronning yadroviy muammosini ta'kidlab o‘tdi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish