Jahon | 21:23 / 28.09.2015
3778
1 daqiqa o‘qiladi

Obama ezgulik haqida so‘zladi

AQSh prezidenti Barak Obama o‘zining BMT Bosh Assambleyasida qilgan chiqishida ezgulikka bir qancha misollar keltirib o‘tdi.

"Ezgulik bu - liberiyalik shifokor, qaysiki, u sizni davolaydi (Ebola virusi nazarda tutilmoqda - kun.uz izohi). Ezgulik bu - eronlik savdogar, u sizni yadroviy dastur bo‘yicha kelishuv imzolab, sizni xursand qiladi. Ezgulik bu - zamonaviy amerikalik, u Gavanadagi elchixonada bayroq ko‘taradi va Kubaga qaytadi", deydi Obama.

U ezgulik timsolini suriyalik muhojirlarning yuzida ham ko‘radi.

"Suriyalik muhojir Gamburgga keladi va o‘ziga yordam beradigan kishilar borligiga ishonadi", deydi prezident.

"Biz BMTga asos bo‘lgan g‘oyalarga sodiqlik bildirishimiz kerak va bu ishonch yo‘li mening, sizning, barchaning bolalari yashaydigan farovon kelajak sari olib boradi", deydi u.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish