Jahon | 21:09 / 28.09.2015
5843
2 daqiqa o‘qiladi

Obama: Rossiyaga qarshi sanksiyalar o‘z kuchida qoladi

BMT Bosh Assambleyasida chiqishi chog‘ida AQSh prezidenti Barak Obama Rossiyani xalqaro masalalarni diplomatik yo‘l bilan hal etishga chaqirdi. U Donbassdagi inqiroz masalalari hal bo‘lmaguncha Rossiyaga qo‘yilgan sanksiyani uzaytirishni taklif etdi.

Qrim va Ukraina masalalari diplomatik yo‘l bilan hal bo‘lmaganiga afsuslangan Barak Obama Rossiyaga sanksiya e'lon qilishga majbur bo‘lganini ta'kidlab o‘tdi. Obamaning so‘zlariga qaraganda, sanksiya Rossiyani milliy valyutasini kuchsizlanishiga va yangi iqtisodiy inqiroz sodir bo‘lishiga sabab bo‘ldi.

“Biz Rossiyani qurshovga olmoqchi emasmiz. Bizga dunyo xavfsizligini ta'minlay oladigan va biz bilan ishlaydigan kuchli Rossiya kerak”, deb qo‘shimcha qildi Obama.

AQSh prezidenti o‘z chiqishi chog‘ida yana shuni ta'kidladiki, u hozir ham avvalgidek masalani diplomatik yo‘l bilan hal etish tarafdori.

Shuningdek, Obama bu masala diplomatik yo‘l bilan hal bo‘lmasa, o‘z manfaatlarini kuch bilan hal etishga AQShning qurbi yetishini aytib o‘tgan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish