Jahon | 20:58 / 28.09.2015
2049
1 daqiqa o‘qiladi

Pan Gi Mun: 30 sentabr kuni muhojirlar masalasida yuqori darajadagi uchrashuv o‘tkaziladi

BMT Bosh kotibi Pan Gi Mun qochqinlar muammosi bo‘yicha 30 sentabr kuni yuqori darajadagi uchrashuv bo‘lib o‘tishi haqida ma'lum qildi.

Uning ta'kidlashicha, bu vaziyatda inson huquqlari va g‘amxo‘rlik birinchi darajadagi holat bo‘lishi kerak.

"Barcha davlatlar o‘z burchlarini bajarishga qat'iy rioya qilishlari lozim. Qochqinlarni qabul qilishayotgani uchun Yevropa davlatlariga minnatdorchilik bildiraman. Shu o‘rinda ulardan bu masalaga yanada jiddiyroq qarashlarini iltimos qilaman.

Shu o‘rinda eslatib o‘tmoqchimanki, Ikkinchi jahon urushidan so‘ng Yevropaning o‘zi ham xuddi ana shunday vaziyatda yordamga muhtoj bo‘lgan edi”, deb ta'kidlagan BMT Bosh kotibi.

Bundan tashqari Pan Gi Mun shuni alohida ta'kidladiki, Livan, Iordaniya va Turkiya o‘z hududlarida millionlab iroqlik va suriyalik qochqinlarni qabul qilmoqda.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish