06:58 / 28.09.2015
3383

Poroshenko: BMT Xavfsizlik kengashi besamar ishlayapti

Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenko BMT Xavfsizlik kengashi besamar ishlayapti, deb aytdi. Bu haqda “112 Ukraina” telekanali ma'lum qildi.

Poroshenko bu haqda Nyu-Yorkda Klinton jamg‘armasi anjumanidagi nutqida aytib o‘tdi.

“Qrimning bosib olinishidan keyin Ukraina sharqida urushdan keyingi xavfsizlik tizimi ishlamayotgani ayon edi. BMT Xavfsizlik kengashi besamar ishlayapti”, deb aytdi Poroshenko o‘z nutqida.

Poroshenko “Ukraina Yevropa millati bo‘lish uchun Vladimir Putindan ruxsat so‘rash kerakligi haqidagi fikr unga nafratomuz ekanini” qo‘shimcha qilib o‘tdi.

Poroshenko Ukraina dunyodan ikki narsani – Kiyev bilan Transatlantik birlik va yakdillik yaratishni kutayotganini ta'kidlab o‘tdi.

Top