16:20 / 28.09.2015
10145

Putin: sobiq Ittifoq davlatlarida bahslar inqilob bilan hal qilinmaydi

Sobiq Ittifoq hududidagi davlatlardagi ichki siyosiy masalalarni inqilob yo‘li bilan hal qilish noto‘g‘ri yo‘ldir. Bu haqda Rossiya prezidenti Vladimir Putin amerikalik jurnalist Charli Rouzga bergan intervyusida aytib o‘tdi.

Charli Rouzning u bilan CBS va PBS telekanallari uchun o‘tkazgan intervyusining stenogrammasi Kreml matbuot xizmati tomonidan e'lon qilindi.

“Biz mutlaqo qabul qila olmaydigan narsalar deb nimalarni aytishim mumkin? Ko‘plab masalalar, bahsli masalalar, ichki siyosiy masalalarni hal qilishda sobiq Ittifoq davlatlarida “rangli” inqiloblar uyushtirilishi. Buni mutlaqo hazm qilib bo‘lmaydi”, - dedi u.

Putin Ukraina Rossiyaga eng yaqin mamlakatlardan biri ekanligini eslatib o‘tdi: “Biz ilgari ham aytganimizdek, Ukraina birodar davlatdir. Ular shunchaki slavyan xalqi emas, ular ruslarga eng yaqin xalqdir: tillarimiz juda o‘xshash, madaniyat, tarix, din umumiy va hokazo”.

Top