Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qoraqalpog‘istonda suv ta'minoti yaxshilanadi
O‘zbekiston irrigatsiya xizmatlari “Janubiy Qoraqalpog‘istonda suv zaxiralarini boshqarishni yaxshilash” loyihasini amalga oshirishga kirishdi.
Umumiy qiymati 376,7 mln dollarni tashkil qiluvchi loyiha 2016-2021 yillarga mo‘ljallangan va Jahon banki imtiyozli kreditlari va O‘zbekiston ajratgan mablag‘lar hisobiga moliyalashtiriladi. Loyihadan maqsad Qoraqalpog‘istonning Beruniy, To‘rtko‘l va Ellikqala tumanlarida 69,5 kilometrlik Bo‘ston beton magistral kanalini qurish, 31,1 kmlik O‘ng sohil Tuyamo‘yin kanali va 27,5 kmlik Paxta-Arna kanalini rekonstruksiya qilish, gidrotexnik inshootlarga ega 375 kmlik xo‘jaliklararo kanallarni qurish, rekonstruksiya qilish va ta'mirlash, suvni avtomatik boshqarish va nazorat qilish elementlarini tadbiq qilish hisobiga yaxshilashdan iborat.
Natijada 120 ming gektar sug‘oriladigan yerda suv zaxiralarini boshqarish yaxshilanadi. Bu yerda fermer xo‘jaliklari va suv foydalanuvchilari uyushmalarining 544ta nasos qurilmasini yo‘qotishlarsiz o‘chirib qo‘yish mumkin bo‘ladi. Buning oqibatida har yili elektr energiya va ekspluatatsion sarf-xarajatlarda 14,5 trln so‘m tejash mumkin bo‘ladi. Loyiha doirasida fermerlik xo‘jaliklariga qishloq xo‘jaligini yuritishning ilg‘or usullarini tatbiq qilish uchun kreditlar olishda ko‘mak beriladi. Buning evaziga yerlarning sho‘rxokligi darajasi kamayadi va suv zaxiralarini boshqarish takomillashadi.