Sport | 17:14 / 28.09.2015
4428
3 daqiqa o‘qiladi

Samvel Babayan Bahraynga qarshi uchrashuv uchun tarkibga Shuhrat Muhammadiyev va Bikmayevni ham kiritdi

Samvel Babayan O‘zbekiston milliy terma jamoasining Jahon chempionati-2018 ikkinchi saralash bosqichi, 5-turi doirasidagi Bahraynga qarshi o‘yin uchun 23 nafar futbolchidan iborat tarkibni ma'lum qildi. Bu haqda O‘FF matbuot xizmati xabar tarqatmoqda.

Unga ko‘ra, O‘zbekiston milliy terma jamoasidan «Nasaf» futbolchisi Shuhrat Muhammadiyev yana qayta taklif olgan. Shuningdek, uzoq tanaffusdan keyin «Lokomotiv» hujumchisi Marat Bikmayev ham terma jamoa libosida maydonga tushish imkoniyatiga ega bo‘lmoqda. Qolgan chiziqlarda deyarli o‘zgarishlar kuzatilmagan.

O‘tgan safargi yig‘inga jalb qilingan va Yaman terma jamoasiga qarshi uchrashuvda kiritilgan yagona golga mualliflik qilgan Qozog‘istonning «O‘rdaboshi» klubi hujumchisi Aleksandr Geynrix bu safargi yig‘inlarga jalb qilinmagan.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston milliy terma jamoasining Bahraynga qarshi uchrashuvi 8 oktabr kuni Manama shahrida bo‘lib o‘tadi.

Darvozabonlar

1. Aleksandr Lobanov 04.01.1986 “Paxtakor”

2. Eldor Suyunov 12.04.1991 “Nasaf”

3. Ignatiy Nesterov 20.06.1983 “Lokomotiv”

Himoyachilar

4 Davron Xoshimov 24.11.1992 “Paxtakor”

5. Yegor Krimets 27.01.1992 “Paxtakor”

6. Anzur Ismoilov 21.04.1985 “Changchun Yatay” (Xitoy)

7. Islom To‘xtaxo‘jayev 30.10.1989 “Lokomotiv”

8. Shavkat Mullajonov 19.01.1986 “Lokomotiv”

9. Vitaliy Denisov 23.02.1987 “Lokomotiv” (Rossiya)

10. Shuhrat Muhammadiyev 24.06.1989 “Nasaf”

Yarim himoyachilar

11. Odil Ahmedov 25.11.1987 “Krasnodar” (Rossiya)

12. Server Jyeparov 03.10.1982 “Ulsan” (Janubiy Koreya)

13. Aziz Haydarov 08.07.1985 “ash-Shabob” (BAA)

14. Fozil Musayev 02.01.1989 “Sepahon” (Eron)

15. Sardor Rashidov 14.06.1991 “al-Jayish”

16. Sanjar Tursunov 29.12.1987 “Vorskla” (Ukraina)

17. Stanislav Andreyev 06.05.1988 “Paxtakor”

18. Javohir Sohibov 01.03.1995 “Paxtakor”

19. Jasur Hasanov 02.08.1983 “Lokomotiv”

20. Sanjar Shoahmedov 23.09.1990 “Lokomotiv”

Hujumchilar

21. Marat Bikmayev 01.01.1986 “Lokomotiv”

22. Igor Sergeyev 30.04.1993 “Paxtakor”

23. Eldor Shomurodov 29.06.1995 “Bunyodkor”

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish