Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sanjar Rahmonov “Meyvezer Promoushens” bilan shartnoma imzoladi
Biroz vaqt oldin professional boksdagi faoliyatini boshlagan o‘zbekistonlik bokschi Sanjar Rahmonov dunyoga mashhur “Meyvezer Promoushens” klubi bilan shartnoma imzoladi. Bu haqda olamsport.com xabar qilgan.
Ushbu kompaniya kuni kecha faoliyatini yengilmas bokschi sifatida yakunlagan amerikalik mashhur bokschi Floyd Meyvezerga tegishli hisoblanadi.
Sanjar Rahmonov 12 sentabr kuni aynan “Meyvezer Promoushens” kompaniyasi tomonidan tashkil etilgan boks oqshomida professional faoliyatidagi ikkinchi jangini o‘tkazib g‘alaba qozongan edi.
Ushbu boks oqshomining markaziy jangida esa Meyvezer amerikalik Andre Bertoni ochkolar hisobida mag‘lubiyatga uchratgandi. Meyvezer 49ta jangning barchasida zafar quchib, afsonaviy Rokki Marchianoning rekordini yangilagan.
Bundan buyon Sanjar Rahmonov o‘z janglarini aynan Meyvezerga tegishli kompaniya tomonidan tashkil etadigan boks kechalari doirasida o‘tkazadi.