Jahon | 08:17 / 28.09.2015
2583
2 daqiqa o‘qiladi

Sergey Lavrov: muhtoj davlatlarga yordam berish global barqarorlik kafolatidir

Muhtoj davlatlarga yordam berish – global barqarorlikka investitsiyadir, deb aytdi Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov BMTning rivojlanish sohasidagi global kun tartibi bo‘yicha sammitidagi nutqi davomida.

Moskva “muhtoj davlatlarga ularning ijtimoiy-iqtisodiy tizimlarining shakllanishida yordam berish – bu global barqarorlikka investitsiya” ekanligidan kelib chiqib ish tutadi. “Ko‘proq samarador va inqirozlarga bardoshli xalqaro tizimni shakllantirish muhim shart, butun insoniyatning farovonligi va gullab-yashnashi omili hisoblanadi”, deb qo‘shimcha qildi Lavrov.

“Biz xalqaro tinchlik va xavfsizlikning ajralmas ekanligi haqida ko‘p gapiramiz. Yangi ijtimoiy-iqtisodiy kun tartibi barqaror rivojlanishning ajralmas qismi ekanligini tushunish mustahkamlanishi kerak. Vazifa ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot uchun maqbul tashqi sharoitlarni yaratishga ko‘maklashishdan iborat”, deb aytdi Lavrov.

“Ayniqsa, adolatli savdo sharoitlarini ta'minlash va ilg‘or texnologiyalardan foydalanishni kengaytirish juda muhimdir”, deb qo‘shimcha qildi Lavrov.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish