Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tashkent Open 2015: Yakshibarova juftlikdagi ishtirokini g‘alaba bilan boshladi
Toshkentdagi Respublika olimpiya zaxiralari tennis maktabi kortlarida tennis bo‘yicha sovrin jamg‘armasi 250 ming AQSh dollaridan iborat bo‘lgan WTA turniri start oldi.
O‘zbekiston vakillari orasidan birinchilardan bo‘lib Arina Folts, Sabina Sharipova va Vlada Yakshibarova juftlik bahslarida kortga chiqishdi.
Rossiya vakili Angelina Gabuyeva bilan juftlik hosil qilgan o‘zbekistonlik Vlada Yakshibarova Sabina Sharipova va Arina Foltsdan iborat o‘zbekistonlik tennischilar juftligini 6:3, 6:4 hisobida taslim etdi.
29 sentabr kuni yakkalik bahslarida Nigina Abduraimova va Sabina Sharipova ishtirokini boshlaydi