10:12 / 28.09.2015
4657

Tehronda namoyishga chiqqanlar Saudiya Arabistoni elchixonasiga pomidorlar uloqtirishdi

Eron poytaxti Tehron shahrida namoyishga chiqqan yuzlab norozi olomon Makka yaqinidagi Mino vodiysida ro‘y bergan fojia munosabati bilan Saudiya Arabistoni elchixonasiga pomidorlar uloqtirishdi. Bu haqda Telegraph ma'lum qildi.

Bundan avvalroq 24 sentabr kuni Makka shahrida yuz bergan fojia oqibatida 169 nafar eronlik vafot etgani xabar qilingan edi.

Eslatib o‘tamiz, fojia 24 sentabr kuni erta tongda Makka yaqinidagi Mino vodiysida sodir bo‘ldi. Ikkita ulkan odamlar oqimi chodirlar shaharchasidan shaytonga tosh otish amali bajariladigan hududga eltadigan yo‘ldagi chorrahada to‘qnash kelib qolgan. Ko‘chalar kesishmasida ulkan tiqilinch vujudga kelib, natijada 769 kishi halok bo‘ldi, 934 ziyoratchi jarohatlandi.

Top