O‘zbekiston | 20:49 / 28.09.2015
2688
1 daqiqa o‘qiladi

Toshkent va Berlin sud-huquq sohasida hamkorlik qilishni muhokama qildi

Toshkentda O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi raisi Shoyunus G‘oziyev va Germaniya Federativ Respublikasining Toshkentdagi elchisi Naytxart Xyofer-Vissing o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. 

“Tomonlar sud huquq sohasida o‘zbek-nemis o‘zaro munosabatlarining joriy masalalari bo‘yicha fikrlar almashdilar va bu sohada ikki tomonlama hamkorlikning yanada rivojlanishi istiqbollarini muhokama qildilar”, deb xabar bermoqda O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi matbuot xizmati.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish