Sport | 15:48 / 28.09.2015
2420
1 daqiqa o‘qiladi

Toshkentda dzyudo bo‘yicha Gran-pri bo‘lib o‘tadi

Toshkentda 1-3 oktabr kunlari dzyudo bo‘yicha uchinchi marta Gran-pri musobaqalari o‘tkaziladi va unda 60 yaqin mamlakatning eng kuchli polvonlari ishtirok etadi, deb xabar qiladi O‘zbekistonda Sharq yakka kurashlari va jang san'atlarini rivojlantirish markazi.

Gran-pri turkumiga kiruvchi musobaqalar har yili 10ta mamlakatda o‘tkaziladi. Toshkent shahri bu turnirni 2016 yilgacha to‘rt marta o‘tkazish huquqini qo‘lga kiritgan.

Turnirda qo‘lga kiritilgan ochkolar 2016 yilgi Rio-de Janeyro Olimpiadasi reytingida hisobga olinadi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish