Jahon | 14:19 / 28.09.2015
1934
2 daqiqa o‘qiladi

Yaponiya 60 yil ichida taraqqiyot maqsadlari uchun 330 mlrd dollar ajratdi

So‘nggi 60 yil ichida Yaponiya taraqqiyot maqsadlari uchun rasmiy yordam yo‘nalishi bo‘yicha 330 mlrd dollarga yaqin mablag‘ni ajratdi. Bu haqda Yaponiya bosh vaziri Sindzo Abe BMTning barqaror taraqqiyot sammitida ma'lum qildi.

“So‘nggi 60 yil ichida Yaponiya doimiy ravishda xalqaro jamoatchilik rivoji uchun o‘z hissasini qo‘shib kelmoqda. Taraqqiyot uchun ko‘rsatilgan umumiy yordam miqdori esa 330 mlrd dollarni tashkil etadi”, - dedi Abe. – Mazkur loyiha doirasida Yaponiyada 560 ming kishi kasbiy tayyorgarlikdan o‘tgan bo‘lsa, 190 ming mutaxassis boshqa mamlakatlarga yuborildi.

Yaponlar bosh vaziri BMTning 2030 yilga qadar taraqqiyot dasturini amalga oshirish uchun yangi global hamkorlikni tashkil etish lozimligini aytib o‘tdi.

“Qabul qilingan dasturni amalga oshirish maqsadida shimol yoki janubga bo‘luvchi emas, balki barcha ishtirokchilar umumiy taraqqiyot uchun o‘z hissasini qo‘shadigan yangi global hamkorlikni tashkil etish zarur. Bunday hamkorlik ayollar, imkoniyati cheklangan odamlar, yoshlarning ham mazkur jarayonlarda faol ishtirok etadigan darajaga olib kelishi lozim, - dedi Abe. – Yaponiya mazkur hamkorlikning bir qismi sifatida xalqaro hamjamiyat bilan hamkorlikda global maqsadlarni ado etish, jumladan, 2030 yilga qadar ochlik va kambag‘allikni bartaraf etish uchun barcha imkoniyatlarini ishga soladi”.

Yaponiya hukumati rahbarining ta'kidlashicha, mamlakat nafaqat Osiyo, balki butun dunyodagi investitsiya loyihalarida ishtirok etishga tayyor. U, shuningdek, Keyingi yilda VI Afrikaning rivojlanishi bo‘yicha Tokio xalqaro konferensiyasi (TICAD) ilk marotaba Afrika hududida – Keniyada bo‘lib o‘tishini ma'lum qildi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish