Jamiyat | 09:10 / 29.09.2015
2393
2 daqiqa o‘qiladi

15 noyabr kuni “Zakovat” Respublika festivali bo‘lib o‘tadi

2015 yilning 15 noyabr kunida “Zakovat” intellektual klubi tomonidan navbat bo‘yicha X Respublika festivali o‘tkazilishi rejalashtirilmoqda. Bu haqida “Zakovat” Intellektual klubning rasmiy saytida xabar berilgan.

Ushbu festivalda respublikaning barcha hududlaridan jamoalar ishtirok etishlari mumkin.

Festivalda ishtirok etish istagini bildirgan jamoalar tashkiliy qo‘mitaga o‘z arizasini topshirishlari lozim.

Festivalda dastlabki uchta o‘rinni qo‘lga kiritgan jamoalar ekran orqali bo‘lib o‘tadigan saralash bahslarida qatnashish huquqini ega bo‘ladi.

Shuningdek, kuchli uchlikka kira olmagan Qoraqalpog‘iston Respublikasi hamda viloyatlardan ishtirok etayotgan jamoalar orasida eng yaxshi natija ko‘rsatgan bir jamoa ham egallagan o‘rnidan qat'i nazar ekran o‘yinlarida ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritadi.

Shunday qilib, festivalda jami 4ta jamoa ekran o‘yinlariga yo‘llanma oladi.

Turnir 1 bosqichda o‘tkazilib, 60ta savol o‘ynaladi.

Festival Toshkent shahri Yunusobod tumanida joylashgan «Tanovor sadosi» restoranida o‘tkaziladi (mo‘ljal: «Zenit» zavodi orqa tomonida).

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish