O‘zbekiston | 17:50 / 29.09.2015
4052
2 daqiqa o‘qiladi

2014-2015 o‘quv yilida 200 nafar abituriyent oliy ta'lim muassasalariga maqsadli qabul qilindi

2014-2015 o‘quv yilida jami 47 tuman va qishloq aholi punktlarida chet tillar o‘qituvchilari ixtisosligi bo‘yicha yetishmaydigan kadrlarni tayyorlash uchun 200 nafar abituriyent oliy ta'lim muassasalariga maqsadli qabul qilindi. Bu haqda Milliy matbuot markazida 1 oktabr – O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan tashkil etilgan “Ta'lim va tarbiya uyg‘unligi – barkamol avlodni shakllantirishning muhim omili” mavzusidagi matbuot anjumanida ma'lum qilindi.

O‘zbekiston Milliy axborot agentligining xabar berishicha, hozirgi kunda xalq ta'limi tizimida 390 mingga yaqin pedagog mehnat qilmoqda.

Tizimda “Yilning eng yaxshi fan o‘qituvchisi”, “Yilning eng yaxshi maktab psixologi”, “Yilning eng yaxshi maktab direktori”, “Yilning eng yaxshi uslubchisi” va boshqa ko‘rik-tanlovlarning muntazam o‘tkazilayotgani ta'lim jonkuyarlarining o‘zaro tajriba va fikr almashishiga imkon yaratmoqda. Shu bilan birga, samarali o‘quv-tarbiya uslublarini, ilg‘or, tashabbuskor, ijodkor pedagoglar ish tajribasini keng ommalashtirishga xizmat qilmoqda.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish