O‘zbekiston | 17:17 / 29.09.2015
6282
1 daqiqa o‘qiladi

3 oktabr kuni «Mediapark Rohat» savdo markazining ochilish marosimi o‘tkaziladi

2015 yilning 3 oktabr kuni yangi maishiy texnika va elektronika savdo markazi «Mediapark Rohat»ning ochilish marosimi bo‘lib o‘tadi.

Yangi Mediapark Rohat savdo markazi xalqaro standartlar asosida ishlab chiqilgan bo‘lib, dunyo elektronika va texnika bozorining yetakchi vakillari Samsung, LG, Tefal, Zanussi, Bosch, Indesit, Panasonic, Philips, Artel va boshqa bir qator kompaniya mahsulotlarini sotish bilan shug‘ullanadi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistondagi Mediapark savdo markazining dastlabki do‘koni iyul oyida Shayxontohur tumanining Qoratosh ko‘chasi yonida foydalanishga topshirilgandi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish