17:45 / 29.09.2015
3695

Afg‘oniston armiyasi amerikalik harbiylar yordamida Qunduzni ozod qilmoqda

Afg‘oniston armiyasi AQSh aviatsiyasi yordamida Qunduz shahrida "Tolibon" jangarilariga qarshi kurashni davom ettirmoqda.

"Jangarilarni shahardan surib chiqarish ishlari muvaffaqiyatli tarzda olib borilmoqda", deb xabar beriladi Pokistondagi Geo TV telekanali.

Bundan oldinroq afg‘on harbiylari Qunduzdagi qamoqxona va politsiya boshqarmasidan jangarilarni surib chiqargani haqida xabar berilgandi.

28 sentabr kuni Afg‘oniston shimolida keng miqyosli harbiy harakatlarni amalga oshirgan va "Haqqoniy tarmog‘i" bilan hamkorlikda harakatlangan "Tolibon" jangarilari Qunduz shahrida o‘z bayrog‘ini o‘rnatishgandi.

Afg‘oniston hukumati Qunduzning zabt etilishida jangarilarga xorijiy davlat maxsus xizmatlari yordam berganini iddao qilmoqda.

Tahlilchilarning fikricha, Afg‘oniston birinchi navbatda Pokistonni ayblamoqda. Rasmiy Kobul bundan oldin ham Islomobodni "Tolibon"ni qo‘llab-quvvatlashda ayblagandi.

Top