22:01 / 29.09.2015
5150

Amerikaliklar yilning eng yaxshi mashinalari nomzodini e'lon qildi

“Yilning Shimoliy Amerika yengil avtomobillari va yo‘l tanlamaslari” (North American Car and Truck/Utility of the Year, NACTOY) tanlovi tashkilotchilari 2016 yilda nomzodiy qo‘yiladigan mashinalar ro‘yxatini e'lon qildi. Motor Authority ning ma'lum qilishicha, ro‘yxatga 10 ta yengil avtomobil, shuningdek, 12 pikap va krossover kiritilgan.

Unda, masalan, Honda Civic ning o‘ninchi avlodi va elektrli krossover Tesla Model X ni ko‘rish mumkin. Birinchi model sentabr o‘rtalarida, “Tesla”ning birinchi yo‘l tanlamasi esa kuz boshlarida namoyish etilgan edi.

G‘oliblar 2016 yilda Detroytda o‘tadigan motoshouda e'lon qilinadi.

NACTOY 2016 nomzodlari
Yengil avtomobillar Pikap va krossoverlar
BMW 7-Series Ford Edge
Cadillac CT6 Honda HR-V
Chevrolet Malibu Honda Pilot
Chevrolet Volt Hyundai Tucson
Honda Civic Jeep Renegade
Kia Optima Kia Sorento
Mazda MX-5 Lexus RX
Nissan Maxima Mazda CX-3
Toyota Prius Nissan Titan XD
Chevrolet Camaro Tesla Model X
Toyota Tacoma
Volvo XC90

O‘tgan safar NACTOY tanlovida “Eng yaxshi yengil avtomobil” yo‘nalishida Volkswagen Golf, yo‘l tanlamaslar ichida Ford F-150 birinchi o‘rinni qo‘lga kiritgan edi.

Top