Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh “IShID” yetakchilari va u bilan aloqador bo‘lgan Shimoliy Kavkaz jangarilariga qarshi sanksiyalar kiritdi
AQSh “IShID” terrorchilik guruhi yetakchilari va tarafdorlariga qarshi sanksiyalar kiritdi, deb xabar bermoqda Reuters axborot agentligi.
AQSh moliya vazirligi “IShID”ning 15 nafar tarafdori va koordinatorlariga qarshi sanksiyalar kiritilayotganini ma'lum qildi.
«AQSh moliya vazirligi “IShID”ning moliyaviy imkoniyatlarini kamaytirishga intilmoqda va shafqatsiz terrorchilik guruhining xalqaro moliyaviy tizimga kirishiga to‘sqinlik qilmoqda”, deb aytdi Moliya vazirligining terrorchilik va moliyaviy razvedka departamenti boshlig‘i o‘rinbosari.
AQSh, shuningdek, “IShID”ning Shimoliy Kavkazdagi bo‘limi jangarilariga ham qarshi sanksiyalar kiritdi. Bu haqda AQSh Davlat departamenti saytida ma'lum qilindi.
Qayd etilishicha, jangarilar Rossiya fuqarolariga hujum qilishga ham aloqadorlar.
Sanktsiyalar e'lon qilingan terrorchilar qatoriga 2014 yil dekabrda “IShID”ning Shimoliy Kavkazdagi amiri etib tayinlangan, “Kavkaz amirligi” deb nomlanuvchi guruh yetakchisi Rustam Aselderov, Shimoliy Kavkaz jangarilari bilan 2003 yildan beri aloqador bo‘lgan Tarxan Gaziyev va “IShID”ning Suriyaning Rakka shahridagi rusiyzabon jangarilari yetakchisi Shomil Izmaylov kiritildi.