Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh Suriyada Rossiya harbiy kuchlarining ko‘paytirilishiga salbiy munosabatda bo‘lmaydi
AQSh Suriyada Rossiya harbiy kuchlarining ko‘paytirilishi destruktiv salohiyatga ega emas deb hisoblaydi. Bu haqda AQSh ma'muriyati vakili Barak Obama va Vladimir Putinlarning ikki tomonlama uchrashuvi yakunlariga ko‘ra bayonot berdi.
“AQSh Rossiya harbiy salohiyatining bu hududda o‘stirilishi aniq vayronkor oqibatlarga olib keladi deb hisoblamaydi. Ma'muriyatning yondashuvi Rossiyaning kelajakdagi harakatlariga ham bog‘liqdir. Agar ruslar o‘z armiyasini faqat IShIDga qarshi kurashga yo‘naltirsa, hammasi yaxshi bo‘ladi”, - ta'kidladi Oq Uy vakili matbuot anjumanida.
Boshqa tomondan, vakil Rossiya u yerda amaldagi prezident Bashar Asadning pozitsiyalarini mustahkamlashga harakat qilishidan xavotir bildirdi.