19:38 / 29.09.2015
2764

Daniya qirolligida mojaro: Mudofaa vaziri iste'foga chiqdi

Daniya Mudofaa ishlari vaziri Karl Xolst iste'foga chiqdi. Bu haqda The Local nashri xabar bergan.

Xabarda aytilishicha, bunga uning davlat resurslaridan noto‘g‘ri ravishda foydalangani haqida xabarlar tarqalgani sabab bo‘lgan.

Aniqlik kiritilishicha, Xolst bu lavozimga kelganidan 3 oy o‘tar-o‘tmas iste'foga chiqdi.

"Men tan olamanki, Janubiy Daniya hududiy kengashida ishlagan vaqtimda shunday ish bo‘lgandi. Bunday xatoga yo‘l qo‘ygan shaxs esa mamlakat vaziri bo‘lishga haqli emas", deydi u.

Daniya bosh vaziri Lars Rasmussen ham Xolst o‘z istagiga ko‘ra shunday qaror qabul qilganini bildirgan.

Top