Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Eron prezidenti AQShni terrorchilikda aybladi va yadroviy kelishuvni ma'qulladi
Eron prezidenti Hasan Ruhoniy BMT Bosh assambleyasi 70-sessiyasidagi nutqi davomida AQShni terrorchilik siyosati hamda “falastin xalqini tahqirlovchi sionistik tartibni qo‘llab-quvvatlayotgani” uchun tanqid qildi. U Eronning yadroviy dasturi tufayli mamlakatga nisbatan uzoq vaqt davomida amalda bo‘lgan sanksiyalarni adolatsiz deb atadi.
Eron prezidenti atom bo‘yicha kelishuvni Yaqin Sharqqa tinchlik va barqarorlik olib kelgan “urush ustidan g‘alaba” deb tavsifladi. Ruhoniy Eron mintaqada yadroviy quroldan xoli bo‘lgan hududning yaratilishini qo‘llab-quvvatlashi va bu rejani amalga oshirishda Isroilga xalaqit berishga imkon bermaslik kerakligini ta'kidlab o‘tdi.