Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Farg‘onalik ikki yigit va bir qiz xonadonlarning biridan 9100 dollar pulni o‘g‘irlab ketishdi
Farg‘ona shahrida istiqomat qiluvchi Zuhro B. o‘z uyiga qaytganida xonadoniga begona kishilar kirganini payqadi. Shoshilinch 9100 dollar yashirib qo‘ygan joyni ko‘zdan kechirgan Zuhro pullarining joyida emasligini ko‘rib, xushi boshidan uchdi.
“Na postu” nashrining yozishicha, farg‘onalik ayol zudlik bilan ichki ishlar bo‘limiga qo‘ng‘iroq qilib, bo‘lib o‘tgan hodisa haqida ma'lumot berdi. Ichki ishlar bo‘limi xodimlari tezkorlik bilan tergov jarayonini boshlab yuborishdi. Ko‘rilgan chora-tadbirlar natijasida uch nafar jinoyatchi qo‘lga olindi. Ma'lum bo‘lishicha, 1993 yilda tug‘ilgan Hayot U., 1994 yilda tavallud topgan Xumoyun S. hamda uning tengdoshi Zebo K. ushbu jinoyatga qo‘l urishgan ekan. Zuhro B. huquqni muhofaza qilish organi xodimlariga a'lo darajada ish olib borgani uchun o‘z minnatdorchiligini bildirdi.