Jahon | 00:38 / 29.09.2015
3558
1 daqiqa o‘qiladi

Fransua Olland: “Parij Rossiya va Eron bilan ishlashga tayyor, biroq Asad bilan emas”

Fransiya prezidenti Fransua Olland Parij Suriyadagi mojaroni Rossiya va Eron bilan hal qilishga tayyor, biroq Suriya prezidenti Bashar Asad bilan emas, deb aytdi. Bu haqda Reuters axborot agentligi ma'lum qildi.

”Rossiya va Eron Suriyadagi vaziyatni siyosiy hal qilishga ko‘proq hissa qo‘shishni istashmoqda. Biz bu davlatlar bilan ishlashimiz kerak va ularga mojaroning hal qilinishi va o‘tish davri Bashar Asadsiz sodir bo‘lishi kerakligini aytishimiz kerak”, deb aytdi Olland Nyu-Yorkdagi safari chog‘ida.

Olland BMT Bosh assambleyasi sessiyasida nutq so‘zlashi kutilmoqda. Olland Eron prezidenti Hasan Ruhoniydan keyin nutq so‘zlashi kutilgandi, biroq uning o‘rniga Qatar amiri Tamim ibn Hamad Al-Taniy Ollandning kechikkani tufayli chiqdi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish