Sport | 18:15 / 29.09.2015
1417
1 daqiqa o‘qiladi

Istomin ATP Shenzhen Open musobaqasining ikkinchi bosqichiga chiqa olmadi

O‘zbekistonning birinchi raketkasi Denis Istomin Xitoyning Shenjyen shahrida davom etayotgan ATP doirasidagi Shenzhen Open turniridagi ishtirokida muvaffaqiyatsizlikka uchradi. Ushbu musobaqaning mukofot jamg‘armasi 668 ming 945 AQSh dollarini tashkil etadi.

Istomin ilk davradayoq chexiyalik Lukash Rosolga imkoniyatni boy berib qo‘ydi. Bir soatu 16 daqiqa davom etgan bahsda Istomin raqibiga 6/7(4), 4/6 hisobida yutqazdi. 29 yoshli Denis dunyo reytingida 60, 30 yoshli Rosol esa 80-o‘rinni egallab turibdi.

"Olamsport.som" xabariga ko‘ra, har ikki tennischi uchrashuv davomida 5tadan eys zarbani amalga oshirishdi. Ikki tennischining o‘zaro uchrashuvlaridagi hisob 2:1ga yetdi, Rosol foydasiga. Endi Lukash Shenzhen Open turnirining ikkinchi davrasida ispaniyalik Gilermo Garsiya-Lopesga qarshi kortga chiqadi. Istomin esa bor e'tiborini juftlikdagi ishtirokiga qaratadi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish