Jahon | 07:11 / 29.09.2015
2157
2 daqiqa o‘qiladi

Janubiy Koreya KXDR o‘z yadroviy rejalaridan voz kechsa, uning iqtisodiyotiga yordam beradi

Janubiy Koreya prezidenti Pak Kin Xe BMT Bosh assambleyasi 70-sessiyasidagi nutqida Shimoliy Koreyani unga iqtisodiy rivojlanishda yordam berish evaziga yadroviy rejalardan voz kechishga chaqirdi, deb xabar bermoqda RIA “Novosti” axborot agentligi.

“Agar Shimoliy Koreya yadroviy rejalardan voz kechsa, Koreya Respublikasi uning iqtisodiyotini rivojlantirish uchun xalqaro hamjamiyat bilan faol ko‘mak ko‘rsatadi”, deb aytdi Janubiy Koreya yetakchisi.

Pak Kin Xening aytishicha, Shimoliy Koreya islohotlar va ochiq-oydinlik yo‘lidan borishi kerak. U Shimoliy Koreya “yangi ig‘volarga” bormasdan, o‘z xalqini qiyinchiliklardan xalos etish uchun sa'y-harakatlarni amalga oshirishi kerakligini ta'kidlab o‘tdi.

“Agar bu qilinmasa, unda bu BMT talab qiladigan insoniyatning ezgu qadriyatlarini barbod qiladi”, deb aytdi Janubiy Koreya yetakchisi.

Pak Kin Xe o‘z nutqida Pxenyandan Shimoliy Koreyada inson huquqlari buzilishi borasida “xalqaro hamjamiyatning tashvishlanayotganiga quloq solishni” talab qildi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish