07:31 / 29.09.2015
6587

KUN.UZ dayjesti: 28 sentabrda ro‘y bergan eng asosiy xabarlar

Hurmatli o‘quvchilar, e'tiboringizga 28 sentabr kuni ro‘y bergan eng asosiy xabarlarni takroran havola etamiz.

Abdulaziz Komilov Nyu-Yorkda AQSh Davlat departamenti vakillari bilan uchrashdi>>

27 sentabr kuni Nyu-York shahrida O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov va AQSh Davlat kotibining birinchi o‘rinbosari Antoni Jon Blinken o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

MAGATE: O‘zbekiston yuqori boyitilgan urandan butunlay xalos bo‘ldi>>

O‘zbekiston yuqori boyitilgan uranni o‘z hududidan chiqarib yubordi. Bu haqda 28 sentabr kuni Xalqaro atom energiyasi agentligi (MAGATE) xabar beradi.

Kataloniyada mahalliy saylovlarda Kataloniya mustaqilligi tarafdorlari g‘alaba qildi>>

Kataloniyada mahalliy parlamentga saylovlarda Kataloniyaning Ispaniyadan mustaqil bo‘lishi tarafdorlari g‘alaba qozonishdi. Bu haqda Reuters axborot agentligi dastlabki hisob-kitoblarga tayangan holda ma'lum qildi.

Qirg‘izistonda 5 yoshli bola qo‘shni o‘smir tomonidan vahshiylarcha o‘ldirildi>>

Qirg‘izistonning O‘sh viloyati Aravan tumanida istiqomat qiluvchi 15 yoshli bola yashaydigan uy tomorqasidan 5 yoshli bolaning jasadi aniqlangan. Uning o‘limidan gumondor sifatida 9-sinf o‘quvchisi qo‘lga olingan.

Eksimbank O‘zbekistonda 1 mlrd dollarlik loyihalarni amalga oshirmoqchi>>

Janubiy Koreya ishbilarmonlari hamda ushbu mamlakatning Eksport-import banki O‘zbekiston bilan investitsion hamkorlikni rivojlantirishga tayyor. Bu haqda bank raisi Li Duk Xun Toshkentda bo‘lib o‘tgan “Eksimbankning Koreya iqtisodiy taraqqiyotidagi o‘rni va uning O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyotiga qo‘shayotgan hissasi” mavzuidagi seminarda aytib o‘tdi.

O‘zbekistonlik hojilarning ilk guruhlari Makkadan qaytib kela boshladi>>

27 sentabr kuni kechqurun Toshkent shahrida Muborak Haj safaridan qaytayotgan 255 nafar ziyoratchilardan iborat dastlabki guruh kutib olindi. Bu haqda O‘zbekiston Musulmonlari idorasi matbuot xizmati xabar bergan.

Makkadagi tiqilinchlikda halok bo‘lganlarning jasadlari 6ta qabristonda dafn etildi>>

Makka Haj ishlari bo‘yicha kotibiyati 6ta qabristonda 74 700 qabr tayyorlamoqda. Ularning ayrimlarida Mino vodiysidagi tiqilinchlikda halok bo‘lganlar dafn qilinadi. Bu haqda kotibiyat matbuot direktori Usoma Zaytun axborot berdi.

Hindiston tarixida birinchi marta o‘z observatoriyasini fazoga uchirdi>>

Hindiston multidiapazonli Astrosat kosmik observatoriyasini muvaffaqiyatli ravishda fazoga uchirdi. Bu haqda The Times of India nashri xabar bermoqda.

Putin: sobiq Ittifoq davlatlarida bahslar inqilob bilan hal qilinmaydi>>

Sobiq Ittifoq hududidagi davlatlardagi ichki siyosiy masalalarni inqilob yo‘li bilan hal qilish noto‘g‘ri yo‘ldir. Bu haqda Rossiya prezidenti Vladimir Putin amerikalik jurnalist Charli Rouzga bergan intervyusida aytib o‘tdi.

Rossiya aviakompaniyalari Ukrainaga parvozlarni amalga oshira olmasligidan ogohlantirildi>>

Ukraina hukumati Rossiyaning bir qator aviakompaniyalariga o‘z hududiga reyslarni amalga oshirishni taqiqlab qo‘ydi. Dushanba kuni rasmiy Kiyev bu haqda tegishli kompaniyalarga xabarnoma yo‘lladi.

Tolibon Qunduz shahar maydoniga o‘z bayrog‘ini o‘rnatdi>>

Tolibon harakati jangarilari Afg‘oniston shimolidagi tumanlarga hujum qilishda davom etmoqda. Bu haqda ToloNews telekanali xabar berdi.

Top