07:57 / 29.09.2015
6145

KUN.UZ dayjesti: 28 sentabrda ro‘y bergan eng qiziqarli xabarlar

Hurmatli o‘quvchilar, e'tiboringizga 28 sentabr kuni ro‘y bergan eng muxim va qiziqarli voqealar haqidagi xabarlarni takroran havola etamiz.

Ijtimoiy tarmoqlardan reportajlar: «Qizil super Oy». FOTOJAMLANMA>>

28 sentabrga o‘tar kechasi Yevrosiyoning g‘arbiy qismi, Shimoliy Afrika hamda Shimoliy va Janubiy Amerikaning sharqiy qirg‘oqlari aholisi noyob astronomik hodisalari — «super Oy» va uning to‘liq tutilishi holatini kuzatishdi. Oy sathiga Yer soyasining tushish natijasida u bir muddat qizil rangda qizil tus oldi.

Meksikalik 2 baliqchi halokatga uchragach, 4 kun davomida muzlatkichda jon saqladi>>

Meksikalik harbiylar 4 kun oldin yo‘olib qolgan ikki baliqchini ochiq dengizda muzlatkich ichiga kirib olgan holda suzayotgan alfozda topib olishdi. Bu haqda Noticias MVS xabar bergan.

VIDeO: Astanada to‘y korteji yo‘lda harakatlanish qoidalarini jiddiy ravishda buzgani aniqlandi>>

Qozog‘istonda yo‘l harakati qoidalariga umuman amal qilmagan mashinalar guruhi mobil kameralarning e'tiboriga tushgan. 

Shvetsiyada ilk marta reklama uchun hijob kiygan qiyofadan foydalanildi>>

Shvetsiyaning H&M feshn-reteyleri o‘z mahsulotlarining reklamasida ilk marta hijob kiygan qiyofadan foydalandi. 23 yoshli Mariax Idrissiy Close the Loop kompaniyasining yangi yuzlaridan biriga aylandi. Kompaniyaning bu boradagi devizi «Modada hech qanday qoidalar bo‘lmaydi» degan ma'noda yangramoqda, deb yozadi Metro nashri.

Avstraliyada qirg‘oqning bir qismi suv ostiga ketdi>>

Avstraliyada kemping o‘rnida yer o‘pirilishi oqibatida qirg‘oqning bir qismi suv ostiga ketdi. Bu haqda Stuff.co sayti xabar berdi.

Haj texnologiyasi: Makkadagi hayot va mamot tiqilinchlari qanday boshqariladi? >>

Har yili Saudiya Arabistonining aholisi bir hafta davomida uch millionga ko‘payadi. Chunki Zulhijja oyining dastlabki 10 kunida butun dunyodan musulmonlar haj ibodatini ado etish uchun Makka shahriga keladi. 

Olma-ota yaqinidagi tog‘larga "birinchi qor" yog‘di>>

Qozog‘istonning janubi-sharqidagi Olma-ota shahri atrofidagi tog‘li hududda birinchi qor yog‘di.

iPhone’ning yangi modellari 3 kun ichida rekord darajada sotildi>>

Yangi iPhone 6s va iPhone 6s Plus modellarining sotilish darajasi 3 kun ichida barcha rekordlarni yangilab, 13 mln donaga yetdi. Sotuvlar 25 sentabr kuni boshlangan edi.

YouTube`ning reklamalarsiz pulli obunasi qachondan boshlanishi ma'lum qilindi>>

YouTube reklamalarsiz pulli obunani 2015 yil 22 oktbyardan boshlashi mumkin, deya xabar bermoqda AndroidAuthority kanallar egalariga ma'muriyat yuborgan maktabga asoslangan holda.

Yangi “Bond”ni tasvirga olishda yo‘qotilgan mashinalar narxi rekord o‘rnatdi>>

Jyeyms Bond haqida olingan yangi «007: Spektr» filmida uni tasvirga olish vaqtida yo‘qotilgan avtomobillar narxi bo‘yicha rekord o‘rnatildi. Bu haqda The Daily Mail nashri franshizadagi murakkab tryuklar bo‘yicha bosh koordinator Gari Pauell bergan ma'lumotga asoslanib xabar qildi.

Doogee T6 smartfoni 6000 mA•s hajmli akkumulyator bilan ta'minlanadi>>

Doogee kompaniyasi T6 nomi ostida uzoq vaqt ishlatishga mo‘ljallangan yangi smartfon ustida ish olib borayotgani ma'lum bo‘ldi.

Blogerlar yangi iPhone`larning suv o‘tkazmasligini sinovdan o‘tkazishdi>>

Apple kompaniyasining iPhone 6s va iPhone 6s Plus smartfonlari suv o‘tkazmaslik sinovidan muvaffaqiyatli o‘tdi, deya xabar berdi International Business Times.

Top