Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Lavrov Suriyada rasmiy hukumat o‘rniga IShID kelishi mumkinligini aytdi
Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Suriyaning butunligini saqlab qolishda Rossiya muhim o‘rin tutishini, uning ko‘magisiz ushbu mamlakatda rasmiy hukumat o‘rnini IShID e'lon qilayotgan xalifalik egallashi mumkinligini ta'kidladi. Bu haqda RIA Novosti agentligi xabar bermoqda.
U Rossiya va AQSh prezidentlari Suriya masalasidagi hamkorlikni muhokama qilganini aytib o‘tdi.
“Bizning umumiy maqsadimiz IShID ustidan g‘alaba qozonish va ularning xalifalik tashkil etishiga yo‘l qo‘ymasligimiz ekanligi borasida bir qarorga kelindi. Ular Iroq va Suriyaning kattagina qismida o‘rnashib olib, u yerda o‘zlarining g‘ayriinsoniy qonunlarini joriy qilishdi”, - ta'kidladi Lavrov.