Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Litva mudofaasini kuchaytirish uchun Germaniyadan 21 ta o‘ziyurar gaubitsa sotib oladi
Litva hukumati Germaniyadan 21 ta PzH 2000 rusumidagi o‘ziyurar gaubitsa sotib olishga qaror qildi, deb yozmoqda Delfi nashri.
Tuzilgan shartnomaga ko‘ra Litva, shuningdek, 26 ta M577 V2 rusumidagi zirhlangan avtomobil va 6 ta BPZ rusumidagi tank sotib oladi. Harbiy texnika sotib olish bo‘yicha Berlin va Vilnyus o‘rtasida tuzilgan shartnomaning qiymati 16,2 mln yevroni tashkil qilmoqda.
Qayd etilishicha, sotib olinayotgan barcha texnika avval nemis harbiylari tomonidan ishlatilgan.
Texnikaning yetkazib berilishi bo‘yicha dastlabki kelishuvga 2015 yilning aprelida Germaniya mudofaa vaziri Ursula fon der Lyayyenning Vilnyusga tashrifi paytida erishilgan.
Xabarda aytilishicha, Litva 2016 yilga o‘zining mudofaa byudjyetini 35 foizga, ya'ni 574 mln yevrogacha oshirdi.