Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Malmyo» klubi «Real»ga qarshi o‘yin oldidan o‘z uy stadionidagi maydon uzunligini qisqatirdi
Shvetsiyaning «Malmyo» klubi Yevropa chempionlar ligasining 2-turidan o‘rin olgan Madridning «Real» klubiga qarshi uchrashuv oldidan uy stadionining uzunligini qisqartirdi, deb yozadi AS nashri.
Manbaning yozishicha, «Svedbank» stadionining ikkala darvoza chiziqlari bir metrdan markazga qarab qisqatirilgan. Jami ikki metr maydon uchrashuv oldidan maydon tashqarisida qoldirilgan.
Qayd etilishicha, bu raqibning qanot bo‘ylab keskin hujumlarni amalga oshirilishiga xalaqit berishi lozim.
Eslatib o‘tamiz, futbol qoidalariga muvofiq rasmiy uchrashuvlar uzunligi 90 metrdan 120 metrgacha bo‘lgan maydonlarda o‘tkazilishi mumkin.
