Jahon | 08:48 / 29.09.2015
2298
1 daqiqa o‘qiladi

Markaziy Afrika Respublikasida qamoqxonadan 500 dan ortiq mahbus qochib ketdi

Markaziy Afrika Respublikasi (MAR) poytaxti Bangidagi qamoqxonadan 500 dan ortiq mahbus qochib ketdi, deb xabar bermoqda Associated Press axborot agentligi. Qochoqlar orasida 60 ga yaqin o‘ta xavfli mahbuslar borligi aytilmoqda.

Bangida nasroniy va musulmon aholi o‘rtasida joriy yildagi eng yirik to‘qnashuvlar davom etmoqda.

To‘qnashuvlarda halok bo‘lganlar soni 42 kishiga yetdi.

AQSh MARning muvaqqat hukumatini qo‘llab-quvvatlashga va'da berdi. Bundan tashqari, Rim papasi Frantsisk Afrikaga safari davomida bu davlatga tashrif buyurishni rejalashtirmoqda.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish