Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jahon | 06:57 / 29.09.2015
2901
1 daqiqa o‘qiladi
Markaziy Afrika Respublikasidagi qamoqxona mahbuslari ozodlikka chiqib ketdi
Markaziy Afrika Respublikasi (MAR) poytaxti Bangi shahridagi qamoqxonadagi mahbuslar u yerni tark etishdi.
"Turmada hozir hech kim yo‘q. Ularning barchasi qochib ketishdi", deydi mahalliy jandermeriya vakili Reyter nashriga.
Eslatib o‘tamiz, shu kunlarda Bangi shahrida musulmon va xristian dinlariga e'tiqod qiluvchilar o‘rtasida to‘qnashuvlar sodir bo‘lmoqda. Oxirgi ma'lumotlarga ko‘ra, bu to‘qnashuvlar tufayli kamida 30 kishi halok bo‘ldi.