19:18 / 29.09.2015
4377

MXX chegara qo‘shinlarining xizmatchilariga uy berildi

Toshkent viloyatining Angren shahrida O‘zbekiston Milliy xavfsizlik xizmati chegara qo‘shinlarining bir guruh harbiy xizmatchilari oilalariga mo‘ljallangan 70 xonadondan iborat 5 qavatli zamonaviy uy foydalanishga topshirildi.

Angren shahri “Nurobod” qo‘rg‘onida barpo etilgan “Harbiylar shaharchasi” “Istiqbol ta'mir” MChJ bunyodkorlari tomonidan barpo etildi. Yangi uylarda chegarachilar va ularning oila a'zolari uchun barcha sharoit yaratilgan. Bolalar uchun zamonaviy o‘yin maydonchasi qurilgan, deb xabar beradi O‘zA.

Ta'kidlash kerak, Prezidentimizning 2007 yil 14 sentabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari harbiy xizmatchilarini uy-joy bilan ta'minlash tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarorining ijrosi doirasida mamlakatimizning barcha viloyatlarida harbiy xizmatchilar va ularning oila a'zolari uchun ko‘plab zamonaviy uy-joylar, yotoqxonalar, ta'lim muassasalari, sport majmualari va boshqa infratuzilma obektlari qurilib, foydalanishga topshirilmoqda.

Top