Jahon | 08:50 / 29.09.2015
2228
2 daqiqa o‘qiladi

Nazarboyev BMTga yadroviy qurolga qarshi deklaratsiya qabul qilish haqida taklif berdi

Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev BMTga yadroviy quroldan holi dunyoga erishish to‘g‘risida umumdunyo deklaratsiyasini qabul qilishni taklif qildi. Bu tashabbus BMT Bosh Assambleyasining 70-sessiyasida so‘zlangan nutqda aytib o‘tildi.
“Xirosima va Nagasakidagi atom bombardirovkaning 70 yilligida turgan ekanmiz, yadroviy quroldan holi dunyo yaratishni insoniyatning XXI asrdagi asosiy maqsadiga aylantirishni taklif qilaman. Yadroviy quroldan holi dunyoga erishish to‘g‘risida BMT umumdunyo deklaratsiyasini qabul qilish taklifini beraman”, - dedi Qozog‘iston yetakchisi.
Nazarboyev Qozog‘iston yadroviy poligonni yopgan va yirikligi bo‘yicha dunyoda to‘rtinchi o‘rinda turuvchi yadroviy arsenaldan voz kechgan, shuningdek, Markaziy Osiyoda yadro qurolidan holi zona yaratgan birinchi davlat ekanligini eslatib o‘tdi.
“Boshqa hududlarda ham, jumladan, Yaqin Sharqda ham yadrosiz zonalar yaratish zarur”, - qo‘shimcha qildi Qozog‘iston rahbari.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish