AQSh prezidenti Barak Obama rossiyalik hamkasbi Vladimir Putin bilan kecha bo‘lib o‘tgan uchrashuv chog‘ida yaqin oylar ichida Minsk kelishuvlarining imzolanishi mumkinligi haqida axborot berdi. Bu haqda Nyu-Yorkda Obamaga hamrohlik qilgan ma'muriyat vakili OAV bilan suhbat chog‘ida ma'lum qildi.
“Ukrainaga kelganda, prezident rasmiy hukumatga mamlakatning butunligi va suvereniteti to‘la ta'minlanishiga kafolat berdi”, - dedi u.
“Janob Obama, shuningdek, Minsk kelishuvlarining yaqin oylar ichida bajarilishiga ijobiy munosabat bildirdi”, - qo‘shimcha qildi prezident ma'muriyati vakili.