Jamiyat | 12:11 / 29.09.2015
3066
2 daqiqa o‘qiladi

Olma-Otada keksa juftlik brilliant to‘yini klubda nishonladi

Qozog‘istonning Olma-Ota viloyatida 60 yildan buyon turmushda yashab kelayotgan To‘ychiboyevlar xonadoni brilliant to‘yini noodatiy tarzda nishonlashga qaror qildi va shu maqsadda klubga yo‘l oldi. Qariyalar tantanali to‘y uyushtirish fikriga qarshi bo‘lishiga qaramay, ularning bolalari bayram tadbirini tashkil etishdi, deb xabar beradi KTK telekanali.
Oila boshlig‘i 81, uning rafiqasi esa 75 yoshdalar. Ular 1955 yilda turmush qurgan.
Keksa juftlikning eslashicha, ularda o‘sha yili haqiqiy to‘y bo‘lmagan, boz ustiga, chimildiqqa qadar bir-birini tanishmagan ham, negaki ularning nikohlarini ota-onalari kelishgan.
“Bizning davrimizda yaxshi narsa kam edi. Biz doimo ishlar edik, mol boqar edik, bolalarni o‘stirar edik. Xotinim sigir sog‘ardi. Biz ko‘p narsa ko‘rdik, ko‘p narsadan birga o‘tdik”, - deb eslaydi Malik To‘ychiboyev.
Ushbu tadbirni o‘tkazish uchun tuman rahbariyati ularga qishloq madaniyat saroyini taqdim etdi. Yoshlar esa, o‘z navbatida, keksalarni avtomobilda aylantirib, so‘ng tungi klubga olib kelishdi.
“Dastlab ular bu g‘oyaga shubha bilan qarashdi. Ammo biz ularni ko‘ndirdik, ular o‘z yubileylarini g‘ayriodatiy tarzda nishonlashga rozi bo‘lishdi”, - dedi ularning farzandi Davlatxon To‘ychiboyev.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish