Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sport | 11:52 / 29.09.2015
2037
1 daqiqa o‘qiladi
O‘zbekiston kikboksing terma jamoasi Rossiyadagi turnirda uchinchi o‘rinni egalladi
28 sentabr kuni Rossiyaning Anapa shahrida kikboksing bo‘yicha Jahon Kubogi o‘z yakuniga yetdi. World Cup Diamond 2015 musobaqasida 25 davlatdan 1200 nafarga yaqin kikbokschilar ishtirok etishdi. Turnirda ishtirok etgan O‘zbekiston terma jamoasi vakillari yakunda uchinchi o‘rini egalladi.
Medallar soniga ko‘ra mezbonlar birinchi, Belarus vakillari esa ikkinchi bo‘ldi.
O‘zbekiston terma jamoasi a'zolari mazkur Jahon Kubogida 1ta oltin, 7ta kumush, 4ta bronza medaliga sazovor bo‘lishdi.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish