23:22 / 29.09.2015
3013

Poroshenko BMT Xavfsizlik kengashi a'zolarining taqiqlov qo‘yish huquqini cheklashga chaqirdi

Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenko BMT Bosh assambleyasi 70-sessiyasidagi nutqida BMT Xavfsizlik kengashi a'zolarining taqiqlov qo‘yish huquqini cheklashga chaqirdi.

“Bizning tashkilotimizning jamoaviy ovozi aniq yangrashi kerak. Ukraina taqiqlov qo‘yish huquqini sekin-asta cheklab, keyinchalik uni umuman bekor qilish tarafdoridir”, deb aytdi Poroshenko.

Poroshenko BMT Xavfsizlik kengashida a'zolik qilish huquqining Sobiq ittifoqdan Rossiyaga berilishini ham “shubhali jarayon” deb ta'kidlab o‘tdi.

Avvalroq Meksika prezidenti Enrike Penya Neto Fransiyaning BMT Xavfsizlik kengashida taqiqlov qo‘yish huquqidan foydalanishni cheklash tashabbusini qo‘llab-quvvatlashi aytilgandi.

Ollandning aytishicha, Fransiya BMT Xavfsizlik kengashiga a'zo davlatlar ommaviy qurbonlar vaziyatida taqiqlov qo‘yish huquqini qo‘llamasliklarini istaydi va o‘zi bunday vaziyatlarda uni qo‘llamaslikka va'da beradi.

Top