10:40 / 29.09.2015
4253

Putin: IShID vahshiyliklari natsistlarni eslatib yubormoqda

IShIDning Germaniya natsistlari bilan qiyoslanishi hayratlanarli emas, terrorchilarning vahshiyliklari bunga majbur qilmoqda, deb hisoblaydi Rossiya prezidenti Vladimir Putin. Bu haqda u AQSh prezidenti Barak Obama bilan ikki tomonlama uchrashuv yakunlariga ko‘ra bayonot berdi.
“IShIDning natsistlar bilan qiyoslanishiga kelsak, bu hech kimni hayratga solmasligi lozim. Ular qanday vahshiylik qilayotganiga qarang: odamlarning boshini tanasidan judo qilish, ularni tiriklay yoqib yuborish, jahon sivilizatsiyasi yodgorliklarini yo‘q qilish va hokazo. Parallel o‘z-o‘zidan kelib chiqadi. Natsistlar o‘z vaqtida o‘zlarini aynan shunday tutishgan edi”, - ta'kidladi Rossiya yetakchisi.

Top