Jahon | 14:43 / 29.09.2015
6910
1 daqiqa o‘qiladi

Putin: kimdir Asadni yo‘q qilish uchun IShIDdan foydalanmoqda

Rossiya prezidenti Vladimir Putin IShID global terroristik tashkilotga aylanganini tan oldi, deb yozadi TASS axborot agentligi. Shu bilan birga, u ayrim kuchlar undan Suriyaning amaldagi prezidenti Bashar Asadni yo‘q qilishda foydalanayotganini ta'kidladi.
“U o‘ziga xos terrorchi tashkilotidir, global darajaga chiqmoqda. Ular o‘z oldilariga Portugaliyadan Pokistongacha bo‘lgan hududda xalifalik qurishni maqsad qilib qo‘ymoqdalar. Ular allaqachon islomning muqaddas shaharlari – Makka va Madinaga da'vo qilmoqda. Ularning faoliyati o‘z nazorati ostidagi hududlardan tashqarida ham davom etmoqda”, - dedi u Charli Rouzga bergan intervyusida.
Rossiya IShIDga qarshi kurashda qanday strategiyani qo‘llashi haqidagi savolga javob berarkan, Putin Asad qo‘shinlarini qo‘llab-quvvatlashini ta'kidladi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish