10:43 / 29.09.2015
13495

Putin qanday vaziyatda to‘rtinchi prezidentlik muhlatiga nomzodini qo‘yishini aytdi

Rossiya prezidenti Vladimir Putin to‘rtinchi marta prezidentlikka o‘z nomzodini ko‘rsatish-ko‘rsatmasligi haqida aniq qarorga kelmadi. Bu haqda u amerikalik jurnalist Charli Rouzga bergan intervyusida aytib o‘tdi.

Charli Rouzning CBS va PBS telekanallari uchun olgan intervyularining ruscha stenogrammasi Kreml rasmiy saytida chop etildi.

“Bu ikkita vaziyatga bog‘liq. Birinchisi – shubhasiz, konstitutsiyada ko‘zda tutilgan qoidalar bor, men tomonimdan ular aniq buzilmaydi. Ammo men bu konstitutsion qoidalardan foydalanamanmi yo‘qmi, hali ishonchim komil emas. Bu mamlakatdagi, jahondagi konkret vaziyatga hamda shaxsan mening kayfiyatimga bog‘liq bo‘ladi”, - dedi Putin suhbat chog‘ida.

O‘zidan so‘ng qanday meros qoldirishni istashi haqidagi savolga Putin “Rossiya samarador, raqobatbardosh bo‘lishi, barqaror iqtisodiyotga, rivojlangan, ichki va tashqi o‘zgarishlarga moslashuvchan ijtimoiy va siyosiy tizimga ega bo‘lishi” lozimligini aytdi.

Top