10:34 / 29.09.2015
3699

Putin: Rossiya AQShning bo‘lajak prezidenti bilan har qanday aloqalar o‘rnatishdan mamnun bo‘ladi

Rossiya AQShning bo‘lajak prezidenti bilan har qanday aloqalar o‘rnatishdan mamnun bo‘ladi. Bu haqda Rossiya prezidenti Vladimir Putin amerikalik jurnalist Charli Rouzga bergan intervyusida aytib o‘tdi.
Charli Rouzning CBS va PBS telekanallari uchun olgan intervyularining ruscha stenogrammasi Kreml rasmiy saytida chop etildi.
“Biz AQShning bo‘lajak prezidenti bilan har qanday aloqalar o‘rnatishdan mamnun bo‘lamiz, u kim bo‘lishidan qat'iy nazar. Amerika xalqining ishonchini qozongan har qanday odam biz tomonimizdan ham qo‘llab-quvvatlanadi”, - ta'kidladi Putin.
Shuningdek, u ikki davlat aloqalarining va hamkorligining samarador rivojlanishi hammaga foyda keltirishini ta'kidladi.

Top