Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Putin: Rossiya Suriyaga IShIDga qarshi kurashishda qo‘shimcha yordam berish haqida o‘ylamoqda
Rossiya prezidenti Vladimir Putinning aytishicha, Moskva Suriyada quruqlikdagi operatsiyalarda ishtirok etishni mo‘ljallamayapti, biroq Suriya armiyasiga ko‘mak berishga tayyor. Bu haqda RIA “Novosti” axborot agentligi ma'lum qildi.
“Rossiya Suriyaga IShIDga qarshi kurashishda qo‘shimcha yordam berish haqida o‘ylamoqda, biroq quruqlikdagi operatsiyalar haqida hech qanday gap bo‘lishi mumkin emas”, deb aytdi Putin AQSh prezidenti Barak Obama bilan uchrashuvi chog‘ida.
Putinnning aytishicha, terrorchilarga qarshi kurash “Suriyaning o‘zidagi siyosiy xarakterdagi jarayonlar bilan birga borishi kerak”.