Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Putin: Rossiyaga diktatorlar emas, adolatli yetakchilar kerak
Rossiyaga, boshqa davlatlarga bo‘lganidek, diktatorlar emas, davlat tashkilotining adolatli prinsiplari va xuddi shunday yetakchilar kerak. Bu haqda u amerikalik jurnalist Charli Rouzga bergan intervyusida aytib o‘tdi.
Charli Rouzning CBS va PBS telekanallari uchun olgan intervyularining ruscha stenogrammasi Kreml rasmiy saytida chop etildi.
“Rossiyaga, boshqa barcha davlatlarga bo‘lganidek, diktatorlar emas, davlat tashkilotining adolatli prinsiplari va xuddi shunday yetakchilar kerak”, - ta'kidladi Rossiya yetakchisi.
Uning so‘zlariga qaraganda, har bir davlatning o‘ziga yarasha an'analari bor, masalan, “Yevropadaning ko‘pchilik davlatlarida parlament demokratiyasi, Yaponiyada parlament demokratiyasi, ko‘p davlatlarda parlament demokratiyasi, lekin AQShda negadir davlat boshqacha tuzilgan – u yerda ancha qattiqqo‘l prezidentlik respublikasi”. Shu bois Rossiyaga ham bu prinsiplarni ta'minlab beradigan adolatli va kuchli yetakchi lozim.