08:12 / 29.09.2015
8377

Putin va Obamaning uchrashuvi 1,5 soatdan ortiqroq davom etdi

AQSh prezidenti Barak Obama va Rossiya prezidenti Vladimir Putin o‘rtasida BMT Bosh Assambleyasining 70-sessiyasi doirasida ikki tomonlama uchrashuv o‘tkazildi.

Bu uchrashuv yopiq eshiklar ortida bo‘lib o‘tdi va 1 soatu 40 daqiqa davom etdi.

Bundan oldinroq, Rossiya prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskov ushbu uchrashuv uchun 55 daqiqa ajratilgani haqida ma'lum qilgandi.

Prezidentlar omma oldida bir-birlarining qo‘llarini siqqan holda salomlashishgan va shundan so‘ng yopiq eshiklar ortidagi uchrashuvga yo‘l olishgan.

Qayd etish kerakki, ikki prezident keyingi 2 yil ichida ilk marta alohida uchrashuv o‘tkazishdi.

Uchrashuv tafsilotlari hozircha ma'lum qilinmagan.

Top