Jahon | 23:12 / 29.09.2015
4021
1 daqiqa o‘qiladi

Rossiya delegatsiyasi Poroshenkoning BMTdagi nutqi paytida majlislar zalida bo‘lmadi

Rossiya delegatsiyasi Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenkoning BMTdagi nutqi paytida majlislar zalida bo‘lmadi, deb ma'lum qildi “112 Ukraina” telekanali.

Telekanal saytida chop etilgan videoda Poroshenko nutq so‘zlayotganda BMT zalida Rossiya delegatsiyasiga ajratilgan o‘rindiqlar bo‘sh ekanligi aks etgan.

Pyotr Poroshenko BMT Bosh assambleyasi sessiyasidagi nutqini ko‘pchilik delegatlarga o‘xshab o‘z ona tilida emas, balki ingliz tilida gapirishni afzal ko‘rdi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish